[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

06.05.2025. So‘nggi yillarda yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari, daraxtzorlar va himoya o‘rmonzorlarini barpo etishga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlardagi ishlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari ham munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.

Kuni kecha O‘zbekiston Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan yana bir Kasaba uyushma bog‘i tashkil etildi. Xususan, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Nigora Alimjonova boshchiligida barcha xodimlar, shuningdek, “Ammofos-Maxam” AJ rahbariyati va kasaba uyushmasi faollari birgalikda “Chimyon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi hududida tashkil etilgan “Kasaba uyushmasi bog‘i”ga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazdilar.

Ko‘kalamzorlashtrish ishlaridan so‘ng tarmoq kasaba uyushmasi mutasaddilari tomonidan “Chimyon” bolalar sog‘lomshaltirish oromgohida 2025 yilgi yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish uchun tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Xususan, oromgohda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sanitariya va gigiena talablariga amal qilinishi, shuningdek, bolalar xavfsizligini ta’minlash borasidagi tayyorgarliklar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga zaruriy tavsiyalar berildi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi