[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

06.05.2025. Bugun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tomonidan 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” va kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan viloyat “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh ishchi-xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirni Federatsiyaning viloyat Kengashi raisi Nazira Tog‘aeva ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Ushbu o‘yinni tashkil etishdan maqsad – turli sohalarda mehnat qilayotgan yosh hodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy bilimlarini va nutqiy madaniyatini oshirishdir.

“Zovat” o‘yinlarida 12 ta yoshlar jamoasi ishtirok etdi. Ular o‘yin davomida tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, mantiqiy, shuningdek, sohaga oid bo‘lgan boshqa savollarga belgilangan vaqtda, uyushgan holda javob berib, o‘zaro kuch sinashdilar.
– Jamoamiz 1-o‘rinni egalladi, – dedi “Yog‘du” jamoasi sardori Farxod Abdixalikov. – “Zakovat” intellektual o‘yini biz yoshlarning iste’dodimizni charxlab, salohiyatimizni oshirishga yordam beradi. Bu kabi tadbirlar bizni ruhlantirib, ish faoliyatimiz yanada unumli bo‘lishiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Tadbirda eng zukko deb topilgan “Yog‘du” jamoasi 1-o‘rinni, “Ustozlar” jamoasi 2-o‘rinni hamda “Navoiy IES” aksiyadorlik jamiyati yoshlari jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lgan jamoalar vakillarining har biriga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi tomonidan Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati