[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

07.05.2025. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo tuman bo‘linmasi kengashi hamda Sirdaryo tuman Axborot kutubxona markazi kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida 9 may “Xotira va qadrlash kuni”ni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Jasorat o‘lmaydi” mavzuida tashkil etilgan mazkur tadbirda tizimda faoliyat yuritayotgan 1 nafar Chernobil fojeasini bartaraf etishda ishtirok etgan hamda 9 nafar Afg‘on urushi qatnashchilari, o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda Afg‘on urushi qatnashchilari bo‘lgan E.Xoliqov va S.Umarov so‘zga chiqib, o‘quvchi yoshlarga bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, yurtimizda yoshlarni ilm olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ulardan samarali foydalanish xususida o‘z o‘gitlarini berdilar.

Sana munosabati bilan ishtirokchilarga tarmoq kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashining bayram sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati