[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

08.05.2025. Kasaba uyushmalari tizimida uzoq yillar davomida rahbarlik qilgan Eson Rajabov xotirasiga bag‘ishlab, viloyatimiz korxona, tashkilot va muassasalarida mehnat qilayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga qiziqishini yanada kuchaytirish, shuningdek, mini futbolni ommaviylashtirish maqsadida 2025 yil 7 may kuni Qarshi shahridagi Sport majmuasida musobaqa tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan uyushtirildi. Musobaqada jami 80 nafar ishtirokchi qatnashdi. Quyidagi jamoalar bellashdilar:

Qarshi shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi — O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi nomidan;

Respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filiali jamoasi — sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan;

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi jamoasi — davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashi tomonidan;

“O‘zagroinspeksiya” jamoasi — agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Qashqadaryo viloyati mas’ul tashkilotchisi nomidan;

Dehqonobod kaliy zavodi jamoasi;

“Indorama agro” XII jamoasi — tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish xodimlari viloyat birlashgan Qo‘mitasi nomidan;

“Sho‘rtangazkimyo majmuasi” jamoasi — energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati Kengashi nomidan;

“Qashqadaryo Avtoyo‘l” jamoasi — transport, yo‘l va qurilish xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati Kengashi nomidan;

Qarshi xalqaro aeroporti jamoasi;

Yoshlar ishlari agentligining Chiroqchi tumani bo‘limi jamoasi — madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat birlashgan Qo‘mitasi nomidan.

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin — “Sho‘rtangazkimyo majmuasi” jamoasi,

2-o‘rin — Yoshlar ishlari agentligi Chiroqchi tumani jamoasi,

3-o‘rin — “Indorama agro” XII jamoasi.

G‘olib jamoalar Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.