08.05.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2025 yildagi “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” dasturi hamda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi, shuningdek 12 may — “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan tibbiyot muassasalarida uzoq yillar davomida samarali faoliyat yuritib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan 64 nafar hamshiraga bepul sanatoriy yo‘llanmalari ajratildi.
Hamshiralar “Umid gulshani” va “Ko‘xinur” sanatoriylarida kutib olinadi. Ular uchun maroqli dam olish va sog‘lomlashishga qaratilgan barcha shart-sharoitlar yaratildi. Tadbirlar doirasida san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari, siyosatshunoslar va olimlar bilan uchrashuvlar hamda respublikamiz mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari haqida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, sport musobaqalari, tarixiy qadamjolar va diqqatga sazovor joylarga tashriflar ham tashkil etildi.