[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

12.05.2025. Joriy yilning 10 may kuni poytaxtimizdagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda “Hamshira – 2025” va “Patronaj doya — ayol salomatligi tayanchi” respublika ko‘rik-tanlovlarining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni mazkur bilim va mahorat sinovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

12 may — Xalqaro hamshiralar kuni arafasida o‘tkazilgan ushbu bayram tadbiri avvalida Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Farhodjon Raxmanovich barcha hamshiralarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabrikladi.

“Odamlarimiz ko‘z o‘ngida endilikda hamshira deganda faqat shifokor tavsiyasiga amal qiluvchi oddiy tibbiyot xodimi emas, balki bilim va malakasi yuqori, yuksak mas’uliyatli mutaxassis siymosi gavdalanmoqda”, — dedi vazir o‘z so‘zida.

Shundan so‘ng, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Farhod Xanapiyaev so‘zga chiqib, fidoyi o‘rta tibbiyot xodimlarini Xalqaro hamshiralar kuni bilan muborakbod etdi.