[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

13.05.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Nurota tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida “Hech kim e’tiborimizdan qolmaydi, barcha harakatlarimiz — inson qadri uchun” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.

Dastlab, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi Nazira Tog‘aeva internat tarbiyalanuvchilari tomonidan qo‘l mehnati asosida yaratilgan buyumlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Shundan so‘ng musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Kuy-qo‘shiq va raqslar ishtirokchilar va mehmonlarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.

Tadbirda viloyat Kengashi raisi N.Tog‘aeva va rais o‘rinbosari N.Isoqov so‘zga chiqib, barchani kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etdilar.

Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan shaxmat va stol tennisi musobaqalari g‘oliblari hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.