[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

15.05.2025. Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman tashkilotining besh yillik faoliyati yuzasidan tashkilot yetakchisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi.

O‘tgan besh yil mobaynida ta’lim xodimlarining moddiy ta’minotini yaxshilash, ularda o‘z kasbiga nisbatan qoniqish hissini shakllantirish hamda, eng muhimi, kelajak avlodga yetarli bilim berishlarini ta’minlash maqsadida pedagog xodimlarning ish haqi 2,5 barobarga oshirildi.

Avvalo, ta’lim xodimlarining huquq va manfaatlari kasaba uyushmasi himoyasida bo‘lib keldi. Shu bilan birga, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini tashkil etish yaxshi an’anaga aylandi.

O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat kengashi hamda tuman tashkiloti hamkorligida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida turizm tadbirlari tashkil etildi. Bu tadbirlar orqali xodimlar mamlakatimizdagi islohotlar va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Jumladan, ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 42 nafar xodim Samarqand va Buxoro shaharlariga, 26 nafari Xivaga, 25 nafari esa Toshkentga sayohatga yuborildi. Shuningdek, ta’lim fidoyilari viloyatimizning go‘zal hududlarida dam oldilar.

Yangi o‘quv yili arafasida kam ta’minlangan xodimlarning farzandlariga o‘quv qurollari xarid qilib berish an’anaga aylangan. Yozgi ta’til davomida esa ularning farzandlari oromgohlarda dam oldilar.

Hisobotlar tinglangandan so‘ng, tashkilot raisi Zulfiyaxon Usmonovaning o‘tgan yillardagi faoliyati qoniqarli, deb topildi.

Konferensiya ishtirokchilari Zulfiyaxon Usmonovaning samarali faoliyatini alohida qayd etishdi. Shuningdek, tashkilot raisligiga nomzodlar ko‘rsatilib, yashirin ovoz berish natijasiga ko‘ra Gulbaxor O‘ktamova tuman tashkiloti raisi etib saylandi.

Konferensiyada Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mutaxassisi Lazokatxon Turikova hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Lolaxon Ahmedova ishtirok etdilar.