[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

19.05.2025. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 67-maqsadida “Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolar sonini oshirish” vazifasi belgilangan. Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yil 17 may kuni Nurafshon shahrida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Sport ishlari boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostidagi “Kasaba uyushmasi kubogi” sport musobaqalarining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayzieva, viloyat Sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i R. Boboqulov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Mamatqulov va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i N. Xojiev ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Musobaqa sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tashkil etildi. Uning quyi bosqichlarida viloyatdagi 888 ta umumta’lim muassasalaridan 20 000 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi.

Sport musobaqalarining viloyat bosqichiga esa tuman va shahar bosqichlarida eng kuchli deb topilgan 200 nafarga yaqin ishtirokchi kelishgan.

Ochilish marosimidan so‘ng sportning 5 ta turi bo‘yicha musobaqalarga start berildi. Barcha bellashuvlar qizg‘in raqobat muhitida, bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Musobaqalar natijalari:

Mini-futbol (erkaklar):
1-o‘rin — Ohangaron shahar
2-o‘rin — Yuqori Chirchiq tumani
3-o‘rin — Chinoz tumani

Voleybol (erkaklar):
1-o‘rin — Parkent tumani
2-o‘rin — Ohangaron shahar
3-o‘rin — Bo‘ka tumani

Voleybol (ayollar):
1-o‘rin — Ohangaron shahar
2-o‘rin — Parkent tumani
3-o‘rin — Bekobod tumani

Stol tennisi (erkaklar):
1-o‘rin — Dukanov Diyor (Oqqo‘rg‘on tumani)
2-o‘rin — Rashidov Umidjon (Chinoz tumani)
3-o‘rin — Ablaxanov Nursulton (Quyi Chirchiq tumani)

Stol tennisi (ayollar):
1-o‘rin — Eshtoeva Dilfuza (Parkent tumani)
2-o‘rin — Abdusaidova Hilola (Toshkent tumani)
3-o‘rin — Jasurova Navruza (Zangiota tumani)

Shaxmat (erkaklar):
1-o‘rin — Raxmonov Sherali (Bo‘ka tumani)
2-o‘rin — Xaydarov Adxam (Bekobod tumani)
3-o‘rin — Markaev Maqsud (Angren shahar)

Shaxmat (ayollar):
1-o‘rin — Ozodboeva Lobar (Parkent tumani)
2-o‘rin — Xashimova Nodira (Toshkent tumani)
3-o‘rin — Xolmatova Maryam (Piskent tumani)

Shashka (erkaklar):
1-o‘rin — Bozorov Ulug‘bek (Yuqori Chirchiq tumani)
2-o‘rin — Abdurasulov Saidakbar (Bo‘ka tumani)
3-o‘rin — Sultanov Alimardon (Ohangaron tumani)

Shashka (ayollar):
1-o‘rin — Jongabekova Ozoda (Chinoz tumani)
2-o‘rin — Kuranova Lobar (Bekobod tumani)
3-o‘rin — Ismtaillaeva Guljamal (Olmaliq shahar)

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va sport formalari to‘plami bilan taqdirlandi.

Barcha sport turlari bo‘yicha eng ko‘p ochko jamg‘argan Parkent tumani jamoasi “Kasaba uyushmalari kubogi” hamda 30 mln so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.