20.05.2025. 2025 yil 14 may kuni Kegeyli tumani yoshlar markazining majlislar zalida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Kegeyli tuman Kengashining hisobot-saylov konferensiyasi Nizom va Ustav talablari asosida bo‘lib o‘tdi. Unda 24 nafar delegat hamda taftish komissiyasi a’zolari ishtirok etdi.
Tarmoq kasaba uyushmasining hududiy kengashi raisi lavozimiga saylov muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.
Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, Adil’chaev Polat Tursinbaevich ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Kegeyli tuman Kengashi raisi etib saylandi.