20.05.2025. Bugun Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi To‘raqo‘rg‘on tumani tashkilotining X konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Alisher Javharov hamda tuman fermerlar kengashi raisi Oybek Hoshimov ishtirok etdi.
Konferensiya davomida tuman kengashining oxirgi besh yillik faoliyati va taftish komissiyasining hisobotlari tinglanib, qoniqarli deb baholandi.
Tuman kengashi raisi saylovi Ustav talablariga muvofiq yopiq — yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Saylov natijasiga ko‘ra Aqida G‘oyibboeva yanadan raislikka saylandi. Shuningdek, tuman kengashi va taftish komissiyasi a’zolari hamda Namangan viloyati konferensiyasiga delegatlar saylandi.
Yig‘ilish yakunida bir guruh faol kasaba uyushmasi a’zolari tuman kengashining tashakkurnomasi, faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.