[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

21.05.2025. Joriy yilning 19 may kuni O‘zKUF Bosh Kengashining 2024 yil 21 dekabrdagi IX-3-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘stonliq tumani Kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi raisining o‘rinbosari L. Xolmo‘minova, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B. Mirzaev, shuningdek, tuman kengashi a’zolari, kasaba uyushmasi faollari va tuman kengashi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlardan saylangan delegatlar ishtirok etdilar.

Konferensiyada Bo‘stonliq tumani tashkilotining 2020 yil may oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan faoliyati, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan tuman kengashi raisi U. Ahmedov va nazorat-taftish komissiyasi raisi T. Dehqonovning hisobotlari tinglandi.

Konferensiya delegatlari tomonidan tuman tashkilotining faoliyati “qoniqarli” deb baholandi. O‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, U. Ahmedov Bo‘stonliq tumani kengashi raisi etib qayta saylandi.

Shuningdek, konferensiyada tuman kengashining yangi tarkibi, nazorat-taftish komissiyasi a’zolari hamda Toshkent viloyati tashkiloti konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlar tasdiqlandi.

Yig‘ilish yakunida, O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan, kasaba uyushmasining faol a’zolari tuman kengashi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.