[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

21.05.2025. 2025 yil 20 may kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyati birlashgan qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada kasaba uyushmasining Buxoro viloyati birlashgan qo‘mitasi tarkibidagi boshlang‘ich tashkilotlarda o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishlar va konferensiyalar qarorlariga muvofiq saylangan jami 35 nafar delegat ishtirok etdi.

Konferensiya ishida birlashgan qo‘mita raisligiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylov o‘tkazilib, muqobillik asosida yangi qo‘mita raisi saylandi.

Shuningdek, konferensiyada delegatlar tomonidan yuqori kasaba uyushmalari organlarining Qurultoy va konferensiyalariga delegatlar hamda Kengashlarga vakillar saylandi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari – bosh mehnat huquqi inspektori A. Saidov hamda O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi huquqshunosi R. Xo‘jayberdiev ishtirok etdilar.