21.05.2025. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 noyabrdagi “Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2025 yil 13 fevral’ kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston suv sporti Federatsiyasi ishtirokida mamlakatimizda ilk bora Suzish bo‘yicha I-Ochiq Markaziy Osiyo chempionati tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarda ishtirok etish uchun kelgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston terma jamoalari vakillari poytaxtimizda tantanali ravishda kutib olinib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mehmonxona tipidagi “Chinobod plaza”, “Chinobod” va “Turon” sanatoriylariga joylashtirildi. Mazkur sanatoriy-sg‘lomlashtirish majmualarida ularning dam olib/, musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
Sportchilar va ularning murabbiylari xalqaro musobaqalar oldidan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydilar. Shunindek, ular uchun Toshkent shahri bo‘ylab maroqli sayohatlar tashkil etildi. Mazkur sayohatlar davomida horijiy mamlakatlardan kelgan delegasiyalar vakillari va yosh sporchilar so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbuslari bilan inson qadrini ulug‘lash va manfaatlarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi, shu jumladan, sport sohasida erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishtirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati