22.05.2025. 2025 yil 22 may kuni O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyat kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Mansurov Ravshan Abdunazarovich, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining mehnat huquqi inspektori Asadova Nargiza Mirtemirovna, Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Rashidov O‘tkir hamda 30 nafar delegat ishtirok etdi.
Konferensiyada viloyat kengashi raisi J. Alikulov va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi. Konferensiya delegatlari tomonidan O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyat kengashining 2020 yil may oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan faoliyati qoniqarli, deb topildi.
Hisobot-saylov konferensiyasi delegatlari tomonidan yopiq ovoz berish yo‘li bilan Toshkent viloyat kengashi raisligiga 98% ovoz bilan Alikulov Jahongir Haydarovich qayta saylandi. Saylov shaffoflik asosida o‘tdi.