[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

26.05.2025. 2025 yil 22 may kuni O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman bo‘linmasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada tuman bo‘linmasi kengashining 2020 yil iyul’ oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan faoliyati yakunlari to‘g‘risidagi ma’ruza hamda taftish komissiyasi hisoboti tinglandi. Muzokaralarda so‘zga chiqqanlar tuman kengashining ushbu davrdagi xodimlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarini e’tirof etib, kengash faoliyatini qoniqarli deb baholadilar.

Yashirin ovoz berish yo‘lida muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovlar natijasida tuman bo‘linmasi kengashi raisi etib Xomidov Yunus Shukurovich saylandi. Shuningdek, tuman kengashi, taftish komissiyasi a’zolari va raisi hamda tarmoq kasaba uyushmasi Buxoro viloyati bo‘linmasi konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Konferensiyada O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakillari ham ishtirok etdilar.