[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

27.05.2025. 2025 yil 26 may kuni Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bag‘dod tuman tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada kasaba uyushmasi tomonidan so‘nggi besh yil davomida amalga oshirilgan ishlar — a’zolarga ko‘rsatilgan yordam, ularni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya yo‘nalishida olib borilgan faoliyat bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Ta’lim xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari amaldagi jamoa shartnomalari orqali himoya qilindi. Ta’kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlandi, sog‘liklarini mustahkamlash maqsadida ularga sihatgohlarga imtiyozli yo‘llanmalar berildi. Mingdan ortiq xodimlar mamlakat bo‘ylab sayohatlarga yuborildi.

Yordamga muhtoj xodimlar doimo kasaba uyushmasining e’tiborida bo‘ldi. Bayramlar arafasida ularga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi. Shuningdek, o‘quv yili boshida kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab o‘quv qurollari taqdim etildi.

Hisobot tinglanganidan so‘ng, delegatlar bir ovozdan kasaba uyushmasi faoliyatini qoniqarli deb baholadilar.

Muqobillik asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilgan saylovda eng ko‘p ovoz to‘plagan Valijon Ziyotov kasaba uyushma tashkiloti raisi lavozimiga qayta saylandi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Azamat Abdullaev hamda Federatsiyaning Farg‘ona viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Lolaxon Ahmedova ishtirok etishdi. Ular kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berishdi.