[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

29.05.2025. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona shahar tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Farg‘ona shahar kasaba uyushmasi raisi Nozimaxon Mirsalimovaning 2020 yil iyun’ oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan davrda amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining e’tibori tufayli ta’lim tizimida katta islohotlar amalga oshirildi. Pedagog xodimlarning maqomi oshdi, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator imtiyozlar joriy etildi. Xususan, so‘nggi yillarda o‘qituvchilarning ish haqi sezilarli darajada oshirildi. Eng muhimi, kasaba uyushmalari tomonidan a’zolarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlari bir necha barobarga oshdi.

Pandemiya davrida yordamga muhtoj xodimlar e’tibordan chetda qolmadi. Shu davrda 450 nafar a’zoga oziq-ovqat, gigienik vositalar va niqoblar tarqatildi. Bundan tashqari, 1308 nafar kam ta’minlangan va ehtiyojmand a’zolarga eng kam ish haqi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.

So‘nggi besh yilda Farg‘ona shahar tashkiloti o‘z tashkiliy salohiyatini mustahkamlab, a’zolar sonini barqaror oshirishga erishdi. Sharoit va talablardan kelib chiqib, har bir a’zo bilan individual ish olib borilib, samarali faoliyat natijasida a’zolik tarkibi mustahkamlandi. Madaniyat muassasalarining tarmoqdan chiqib ketganiga qaramay, umumiy a’zolar soni 440 nafarga oshib, 2025 yil holatiga ko‘ra 9117 nafar ishlovchi xodimni qamrab oldi.

Bugungi kunda tashkilot 12 007 nafar a’zoni o‘z ichiga oladi. Ulardan 9117 nafari ishlovchi xodimlar, 2890 nafari esa akademik lisey va texnikum talabalaridir. Shulardan 7208 nafari ayollardir. Bu esa uyushma tomonidan yaratilgan imkoniyatlar natijasidir.

Tushuntirish ishlari orqali 86 ta nodavlat ta’lim muassasasi kasaba uyushmasiga qo‘shildi va 3000 nafarga yaqin yangi a’zo qabul qilindi.

Jamoa shartnomalari asosida so‘nggi 5 yilda 5176 nafar kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

2020–2025 yillar davomida 5176 nafar xodim va ularning oilalariga 1 mlrd 200 mln so‘mlik ijtimoiy yordam berildi. 997 nafarga sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari, 450 nafarga kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan sog‘lomlashtirish imkoniyati yaratildi.

877 nafar bola “Xumo”, “Vodiy gavhari” va “Tong” oromgohlarida dam oldi. 1167 nafar bolaga o‘quv qurollari berildi. Ushbu maqsadda 68 mln 126 ming so‘m mablag‘ sarflandi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida 1000 dan ortiq xodim tarixiy shaharlarga sayohat qildi.

Hisobot tinglanganidan so‘ng, delegatlar qo‘mita faoliyatini qoniqarli deb baholashdi.

Muqobillik asosida yashirin ovoz berish orqali eng ko‘p ovoz olgan Nozimaxon Mirsalimova yana bir muddatga rais etib saylandi.