[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

30.05.2025. Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shaxar birlashgan qo‘mitasining II hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tarmoq kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasining2021 yil fevraldan 2025 yil maygacha  bo‘lgan davrdagi  faoliyati to‘g‘risida birlashgan qo‘mita raisi D. Ismoilova hisobot berdi. Shuningdek, delegatlar e’tiboriga taftish komissiyasining  hisoboti havola etildi. Muhokamalarda so‘zga chiqqan delegatlar Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyatini “qoniqarli” deb baholadilar.

Tarmoq kasaba uyushmasi Toshkent shaxar birlashgan qo‘mitasi raisini saylash jarayonlari muqobillik asosida yashirn ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra nomzodlar orasida   ko‘pchilik ovoz olgan Dilfuza Ismoilova mazkur lavozimga qayta saylandi.

Hisobot-saylov konferensiyasida qatnashgan O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari hodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi U.Muhamedov va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shaxar Kengashi mas’ul xodimi R.Mahmadaliev shtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan mmehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, mamlakat kasaba uyushmalari tarixi to‘g‘risida batafsil ma’luotlar berildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Fedeeratsiyasi Matbuot xizmati