[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

02.06.2025. Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan “Farovon oila sari” shiori ostida “Kitobxon onalar sovg‘asi” nomli aksiya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Aksiya doirasida markazda faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlari o‘rtasida qiziqarli viktorinalar, rasmli topishmoqlar va o‘yinlar o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, 1 iyun’ — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan markaz xodimlari tomonidan bayram dasturi namoyish etildi.

Tadbir yakunida bolajonlarga kitoblar jamlanmasi hamda Axborot-kutubxona markazi Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.