[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

05.06.2025. 2025 yil 4 iyun’ kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi majlislar zalida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Navoiy viloyati bo‘linmasi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Xanapiyaev Farxodjon Rahmonovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi Tog‘aeva Nazira Mamanazarovna, Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Safoev Nurali Ne’matulloevich, shuningdek, taklif qilingan mehmonlar va delegatlar ishtirok etdi.

Konferensiya davomida kasaba uyushmaning 2021 yil aprel’ oyidan 2025 yil iyun’ oyigacha bo‘lgan faoliyati “qoniqarli” deb baholandi, taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi.

Hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 3.3.22-bandiga muvofiq, ishlab chiqarishdan ozod etilgan kasaba uyushmasining hududiy Kengashlari raislari va ularning o‘rinbosarlari saylovi muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur asosda Navoiy viloyati Kengashi raisi lavozimiga Raximova Feruza Iskandarovna saylandi.

Shuningdek, viloyat Kengashi va taftish komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi, hamda taftish komissiyasi raisi saylandi.

Kun tartibida 10 ta masala ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunida keyingi besh yillikda Navoiy viloyati bo‘linmasi faoliyati uchun muhim ustuvor vazifalar belgilab olindi.