[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

09.06.2025. Andijon shahrida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi viloyat Kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida Respublika Kengashi raisi A. Xakulov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi raisi A. Egamberdiev hamda Respublika Kengashining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri I. Kamolov ishtirok etdilar.

Kun tartibida qator masalalar ko‘rib chiqilib, so‘nggi 5 yillik faoliyat “qoniqarli” deb baholandi va taftish komissiyasining hisoboti tasdiqlandi.

Konferensiya yakunlariga ko‘ra, tarmoqning Andijon viloyati Kengashi raisi lavozimiga Sh. Butaev qayta saylandi.