[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

10.06.2025. Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan Zomin tumanida joylashgan “Zomin” bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar uchun kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, yoshlarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini ham o‘tkazildi. Unda “Vatanparvar”, “Barkamol avlod” va “Lochinlar” jamoalari faol ishtirok etdi.

O‘yin yakunlariga ko‘ra “Vatanparvar” jamoasi 3-o‘rinni, “Lochinlar” jamoasi 2-o‘rinni, “Barkamol avlod” jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoalar va faol qatnashgan bolalar AKM rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliqlar va kitoblar to‘plamlari bilan taqdirlandi.