11.06.2025. 12 iyun’ – Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni. Shu munosabat bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tomonidan “Oftobjon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Taraqqiyot aniq, ammo qilinadigan ishlar ko‘p: keling, sa’y-harakatlarni tezlashtiraylik!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi Nazira Tog‘aeva tadbirni ochib berar ekan, ushbu sananing ahamiyati, dunyoda bolalar mehnatiga barham berish borasida olib borilayotgan ishlar, Yangi O‘zbekistonda bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, salomatligini muhofaza qilish borasida ko‘rilayotgan choralarning ahamiyati haqida so‘zlab berdi.
Tadbir doirasida oromgohda dam olayotgan 260 nafardan ortiq bolajonlar o‘rtasida rasm chizish tanlovi, voleybol, shashka, stol tennisi kabi sport musobaqalari o‘tkazildi.
G‘oliblar va foal ishtirokchilar viloyat kengashi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.