[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

11.06.2025. O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat tashkilotining II hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tarmoq kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Botir Usmonov viloyat Kengashining 5 yillik hisobot davridagi faoliyati to‘g‘risida hisobot berdi. Shundan so‘ng taftish komissiyasi hiisoboti tinglandi.

Delegatlar tarmoq kasaba uyushmasi viloyat kengashining hisobot davridagi faoliyatiga bir ovozdan qoniqarli baho berdilar va taftish komissiyasi hisobotini tasdiqladilar.

Tarmoq kasaba uyushmasi viloyat Kengashi raisi saylovi muqobillik asosida bo‘lib o‘tdi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda Botir Usmonov ko‘pchilik ovoz bilan tarmoq kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisligiga qayta saylandi.
Konferensiyada tarmoq kasaba uyushmasi viloyat Kengashi tarkibi, taftish komissiyasi a’zolari va raisi hamda yuqori kasaba uyushma organlarining Konferensiya va Qurultoylariga delegatlar ham saylandi.

Konferensiyada ishtirok etgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Rustambek Tursunmurodov, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Odiljon Mirzaev, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Erkin Bayniyazov ishtirokchilarga bugungi kunda kasaba uyushmalari tomonidan faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar va mamlakatimiz kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik borasida ma’lumot berdilar.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati