[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

13.06.2025. Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan har yili 12 iyun’ dunyo mamlakatlarida Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan Bo‘stonliq tumanidagi “Afsona” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Har joyda bolalar mehnatiga barham berishni tezlashtiraylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda quyidagilar ishtirok etdi:

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayzieva,

Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i F.Fayzullaev,

O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm kasaba uyushmalari Toshkent viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi R.Tojiboev,

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi vakili A.Berdiqulov,

Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mehnat huquqi inspektori X.Ashirmatov.

Tadbirni S.Fayzieva ochib berdi. U o‘z so‘zida Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida bolalarni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalash, ta’lim va sog‘lomlashtirish uchun yaratilayotgan sharoitlar, xususan oromgohlarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan mas’ullar bolalar mehnatini oldini olish, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalarida kasaba uyushmalari doimo tayyor ekanini ta’kidladilar.

Tadbirning badiiy qismida bolalar musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Mehmon san’atkorlar ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar, sportchi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilarda yuqori kayfiyat uyg‘otdi.

Tadbirning ikkinchi qismida shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Shuningdek, “Mening bo‘lajak kasbim” mavzusida rasm tanlovi va “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” mavzusida asfaltga rasm chizish tanlovi ham tashkil etildi.

Musobaqa va tanlovlar yakunida g‘oliblar hamda faxrli o‘rin egallagan bolalarga Toshkent viloyati Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari va sport anjomlari topshirildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi