[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

16.06.2025. 12 iyun’ kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining katta majlislar zalida kasaba uyushma tashkilotining VII hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli anjuman O‘zbekiston ilm-fani fidoyilarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, o‘tgan faoliyatni sarhisob qilish va kelgusi davr uchun yangi rahbariyatni saylash kabi muhim maqsadlarni o‘z ichiga oldi.

Konferensiyada boshlang‘ich tashkilotlardan saylangan 67 nafar delegatdan 63 nafari hamda mamlakatimiz ilm-fani va kasaba uyushmalari harakatining yuqori darajadagi vakillari ishtirok etdilar.

Qatnashchilar safida:

Kasaba uyushmalari rahbariyati:

R.M. Bedilov — O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi

N. Xasanov — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent shahar kengashi inspeksiyasi boshlig‘i

Fanlar akademiyasi rahbarlari va akademiklar:

Sh. Sagdullaev — birinchi vise-prezident, bosh ilmiy kotib, akademik

A. To‘raev — Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik

T. Aripova — Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori, akademik

S. Bahromov — Fizika-matematika va texnika fanlari bo‘limi boshlig‘i, akademik

I. Sodiqov — Yadro fizikasi instituti direktori, akademik

Institut direktorlari va boshqa mas’ullar:

prof. A. Yusupov — Oliy attestasiya komissiyasi raisi, iqtisod fanlari doktori

prof. A. Mirzaev — Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi raisi, vise-prezidenti

prof. B. Xolmatov — Zoologiya instituti direktori

prof. A. Otaxonov — Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori

prof. M. Turgunov — Davlat va huquq instituti direktori

dos. M. Maxmudov — «Alfraganus» universiteti rektori

Konferensiya kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlar kasaba uyushmaning o‘tgan davr faoliyatini “qoniqarli” deb baholadilar va taftish komissiyasi hisobotini tasdiqladilar.

Anjumanning asosiy tashkiliy qismida rahbar organlarga saylovlar o‘tkazildi. Yopiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, Jo‘raev Sherzod Sultanbaevich O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.

Shuningdek, Axmedov Xamidulla Abduxoshimovich (Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi) taftish komissiyasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent shahar kengashi konferensiyasi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qurultoyiga delegatlar saylandi.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar to‘liq ko‘rib chiqilib, delegatlar tomonidan tasdiqlandi. Ushbu VII hisobot-saylov konferensiyasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi kasaba uyushmasi hayotida yangi bosqichni boshlab berdi. Yangi saylangan rahbariyat ilm-fan xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash va ilmiy faoliyat uchun qulay muhit yaratishdek mas’uliyatli vazifalarni o‘z zimmasiga oldi.