[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

19.06.2025. Farg‘ona viloyatida Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Avvalo, yetakchining besh yillik faoliyati va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomalari orqali o‘rtacha bir xodimga sarflangan mablag‘ 2022 yilda 5 mln 431 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2025 yilda 10 mln 523 ming 714 so‘mga yetgani qayd etildi.

Faoliyat davomida Mehnat inspeksiyasi tomonidan 6 564 nafar xodimning huquqlari tiklanib, ular foydasiga 5 mlrd 670 mln 343 ming so‘m undirib berildi.

Jamoatchilik nazorati davomida qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ko‘rilgan choralar natijasida 4 401 nafar xodimning huquqlari tiklandi va ular foydasiga 4 mlrd 537 mln 433 ming so‘m undirildi.

Sudlarga 62 ta da’vo kiritilib, 659 nafar xodimning huquqlari tiklandi va ular foydasiga 1 mlrd 152 mln 910 ming so‘m undirib berishga erishildi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ishchi-xodimlarni kasaba uyushmasi himoyasiga olish, kasaba uyushma afzalliklarini targ‘ib qilish orqali a’zolar soni 34 743 nafarga yetdi.

Mehnat muhofazasiga jiddiy e’tibor qaratildi. Jumladan, 2021–2025 yillarda ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida 5 604 ta tadbir o‘tkazilib, ular uchun 536 mlrd 621 mln 352 ming so‘m mablag‘ sarflandi.

Xodimlarni ish beruvchi tomonidan davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun 24 mlrd 181 mln so‘m, maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash uchun esa 55 mlrd 305 mln 436 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida jamoa shartnomalari va tarmoq kelishuvlari asosida 9 152 nafar kishi sayohatga jo‘nab ketdi. Ulardan 4 863 nafari o‘z hududidagi diqqatga sazovor joylarga, 4 144 nafari tarixiy shaharlarga, 145 nafari esa Qozog‘istonning Turkiston shahriga safar qildi.

Oxirgi besh yil mobaynida tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan 7 844 nafar xodim va ularning qarindoshlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda salomatliklarini mustahkamladilar. Bu maqsadda ijtimoiy-sug‘urta byudjeti hisobidan 11 mlrd 569 mln 873 ming so‘m va kasaba uyushma byudjeti hisobidan 10 mlrd 491 mln 416 ming so‘m, jami 33 mlrd 61 mln 289 ming so‘m yo‘naltirildi.

Shuningdek, 42 847 nafar tibbiyot xodimlarining farzandlari viloyatdagi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oldi.

Bayramlar arafasida mehnat faxriylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Umuman, eng katta e’tibor — a’zolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Ma’ro‘zalarni tinglagan delegatlar kasaba uyushmaning Farg‘ona viloyatidagi faoliyatini qoniqarli deb baholadilar.

Konferensiya davomida Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati kengashi raisi lavozimiga nomzodlar ko‘rsatildi. Yashirin ovoz berish natijasiga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan Shohidaxon Karimova raisi etib saylandi.

Konferensiyada Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Farhodjon Xanapiyaev, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Abdug‘affor Salixov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliev hamda 74 nafar delegat ishtirok etdi.