[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

23.06.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan hamda “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida Samarqand shahridagi “Delfin” suv sporti majmuasida yoshlar festivali doirasida suv sportining suzish turi bo‘yicha viloyat musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu sport tadbirida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A. Abdusoidov ishtirok etib, barcha qatnashchilarni qutladi va ularga omad tiladi.

Suv sporti turi bo‘yicha mazkur musobaqa 100 metrga erkin suzish yo‘nalishida 2010–2011, 2012–2013 va 2014–2015 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida tashkil etildi. Musobaqada 100 nafardan ortiq yosh sportchi ishtirok etdi.

Yakunda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan 2025 yil davomida Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan 3 kunlik bepul sayohat sertifikatlari topshirildi.