[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

11.07.2025. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi (O‘TFXKU) asosiy vazifalaridan biri — o‘z a’zolarining qonuniy huquqlari, jumladan mehnatga haq olish huquqini himoya qilishdir. Yaqinda Samarqand viloyati Urgut tumanida yuz bergan voqea bu vazifaning amaliy ta’sirchanligini yana bir bor isbotladi.

Murojaat mavzui va miqyosi

2025 yil 9 iyul’ kuni O‘TFXKU Respublika Kengashiga Urgut tumani 6 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan 359 nafar pedagog va ishchi-xodimlarning iyun’ oyi uchun mo‘ljallangan 606 437 000 so‘mlik (iyun’ oyiga to‘g‘ri keluvchi) oylik maosh va to‘lovlari kechiktirilishi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Chora-tadbirlar

Murojaat qabul qilingandan so‘ng Respublika Kengashi uni zudlik bilan nazoratga olib, 2025 yil 10 iyul’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga rasmiy so‘rov yubordi.

Vazirlik tomonidan ko‘rilgan ta’sirchan choralar natijasida kechiktirilayotgan maoshlar qisqa muddat ichida to‘liq bazaviy bo‘yicha (yuz foiz) to‘lab berildi.

Pedagoglar minnatdorchiligi
Urgut tumanidagi pedagog va xodimlar Respublika Kengashiga ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun chuqur minnatdorchiligin bildirdi. Bu voqea kasaba uyushmasining o‘z a’zolari manfaatini himoya qilishdagi muhim va samarali kuch ekanligini yana bir bor tasdiqladi.