[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

14.07.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda Kengash raisi Erkinjon Nuraliev va Kengash raisi o‘rinbosari Lolaxon Ahmedova yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ular bilan samimiy suhbat qurdilar.

Erkinjon Nuraliev yoshlar bilan muloqot qilar ekan, Prezidentning 2025 yil 30 iyun’ kuni yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar va yoshlarga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, ularni mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, kasaba uyushmalari harakati tarixining 120 yili davomida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Farg‘ona viloyatida bugungi kunda 700 mingdan ortiq ishchi-xodim kasaba uyushmalari atrofida birlashgan bo‘lib, ularning 220 mingdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning maroqli dam olishi, tarixiy maskanlarga sayohat qilishi hamda iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, 2025 yilning 6 oyi davomida 200 nafardan ortiq yosh ishchi-xodim kasaba uyushmalari tasarrufidagi sihatgohlarda mazmunli dam oldi va salomatliklarini tikladi. Shuningdek, 2 mingdan ortiq yosh ishchi-xodim Respublikamizning diqqatga sazovor joylariga bepul sayohatga yuborildi.

Uchrashuv davomida yoshlar kasaba uyushmalari faoliyatiga doir qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Shu kuni 50 nafar yosh Marg‘ilon temir yo‘l vokzalidan poytaxtimiz Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga sayohatga yuborildi. Ular uch kun davomida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Shuningdek, tarixiy maskanlar, ziyoratgoh va obidalarga tashrif buyurish rejalashtirilgan edi.

Shohsulton To‘xtamatov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi