[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

16.07.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi hamda Farg‘ona davlat universiteti hamkorligida “Mehnat huquqi bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Unda universitet faol talabalari va yosh ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.

Yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi.

Yuzdan ortiq yoshlar ishtirok etgan ushbu tanlovning birinchi bosqichida savollarga to‘g‘ri javob bergan 20 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichda g‘oliblik uchun kurashdilar.

O‘zbekistonda mehnat qilish huquqi, yoshlarning mehnat qilish huquqi kafolatlari, Mehnat kodeksi va xalqaro mehnat standartlari bo‘yicha tuzilgan savollarga to‘g‘ri javob topgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb topildi.

Savollarga eng ko‘p javob topgan Farg‘ona davlat universitetining yosh xodimi Olimjon Turdaliev tanlovning mutloq g‘olibi bo‘lib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashining maxsus sovg‘asini qo‘lga kiritdi.

— Bu kabi tanlovlar viloyatdagi ta’lim muassasalarida muntazam o‘tkazilib, yoshlarning huquqiy bilimini mustahkamlashga xizmat qilmoqda, — deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi Lolaxon Ahmedova.

Shuningdek, tanlovda 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarga ham diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi. Faol ishtirokchilarga esa kitoblar to‘plami tӯhfa etildi.

Shohsulton To‘xtamatov

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi