[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

18.08.2025. Bugun “Yoshlar” markazida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi hamkorligida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkil topganiga 120 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filialining yosh xodimlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etib, o‘z bilimlari bilan ajralib turdilar. Qizg‘in va tahliliy savol-javoblar, zukkolik hamda jamoaviy ishlash mahoratini namoyon qilgan ishtirokchilar orasida g‘oliblar quyidagi tartibda aniqlandi.

O‘yin natijasiga ko‘ra, Navoiy shahar elektr ta’minoti jamoasi g‘olib deb topildi. “Elegant Star” jamoasi 2-o‘rinni egalladi, Uchquduq tuman elektr ta’minotining “Qizilqum” jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga kasaba uyushma qo‘mitasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.