[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

29.08.2025. Mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yilligi arafasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan mazkur Eng ulug‘, eng aziz bayramga bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlar, yoshlar va mehnat faxriylari ishtirok etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda “O‘zkimyosanoat” AJ hamkorligida tashkil etildi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqalarida soha xodimlari 2 bosqichda sportning mini-futbol, stol tennisi, voleybol, basketbol, gandbol hamda shaxmat turlari bo‘yicha kuch  sinashdilar.

Musobaqalardan ko‘zlangan maqsad – Prezidentimizning “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 34 yillik bayrami hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi arafasida mehnatkashlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdir.

Musobaqalarning tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda o‘tkazilgan 1-bosqichida 2 mingga yaqin xodimlar ishtirok etdilar. Har bir musobaqa g‘oliblari korxonalar rahbariyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Musobaqalarning Respublika bosqichi D.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universitetining Toshkent shahar filiali sport majmuasida o‘tkazildi.

Unda 1-bosqich musobaqalarida saralab olingan va g‘olib bo‘lgan 140 ga yaqin ishtirokchi bellashdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra sportning shaxmat, mini-futbol, basketbol, voleybol, gandbol va stol tennisi turlari bo‘yicha g‘oliblar va sovrindorlarga Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan mukofotlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati