[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

04.09.2025. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan chekka hududlarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ishlovchi vakillaridan 8 nafariga sog‘liklarini tiklashlari uchun “Ko‘hinur” va “Umid Gulshani” sanatoriylariga bepul yo‘llamalar topshirildi.

Tadbirda Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ishchisi Gulnora Normamatova uzoq yillik mehnati e’tirofi sifatida Toshkent viloyatida joylashgan “Umid Gulshani” sanatoriyasiga bepul yo‘llanma taqdim etilganidan mehnati qadrlanganligi uchun minnatdorchiligini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan 2025-yilda 6 mingdan ortiq ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari Respublikamizdagi o‘ttizdan ortiq sanatoriylarda sog‘lomlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 4 200 nafar fuqaro sog‘lomlashtirildi. Shundan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturi asosida foydalanilgan sanatoriy yo‘llanmalarning 102 tasi mehnat va urush faxriylari, baynalminalchi jangchilar, Chernobilchilar, olis va chekka hududlarda yashovchi farzandlari talaba bo‘lgan yosh oilalar vakillari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ishlovchi vakillariga bepul berildi.