[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

05.09.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan 26 iyun’ kuni Nurafshon shahrida “Kasaba uyushmalari yoshlari – yangi O‘zbekiston bunyodkori” shiori ostida Respublika yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Toshkent viloyatidagi turli korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 50 nafar faol yoshga Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat qilish uchun bepul yo‘llanmalar taqdim etildi.

Joriy yil 3–4 sentyabr’ kunlari mazkur yo‘llanmalar asosida yoshlar uchun Zomin tumaniga ikki kunlik sayohat tashkil etildi.

Sayohat dasturi doirasida ishtirokchilar tumandagi diqqatga sazovor joylar va turizm markazlariga tashrif buyurdilar, tarixiy va madaniy meros ob’ektlari bilan tanishdilar hamda madaniy xordiq chiqardilar. Shuningdek, sayohat yoshlar o‘rtasida do‘stona muloqot va tajriba almashishga keng imkoniyat yaratdi.