12.09.2025. Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi raisi Gulsara Qurbonboeva Xorazm viloyati teatrida Ma’mun universiteti tibbiyot fakul’teti talabalari bilan uchrashdi.
Kengash raisi, avvalo, bugungi kunda davlat siyosatining markazida yoshlar turayotgani, ularning iqtidori va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini ta’kidladi. Shu bilan birga, tibbiyot sohasida ta’lim olayotgan yoshlar zimmasidagi mas’uliyat, shifokorlik kasbining muqaddasligi va jamiyatda tutgan o‘rni haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, ta’lim va ilm olishning hayotdagi ahamiyati, zamonaviy bilimlarni egallash zarurati hamda yoshlar orasida o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga to‘xtalib, o‘z fikrlarini bildirdi. Gulsara Qurbonboeva yoshlarni ilm yo‘lida intilishga, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shuvchi mutaxassislar bo‘lib yetishishga chorladi.
Uchrashuv davomida kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixi, ishchi-xodimlarni himoya qilishdagi roli va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashdagi faoliyati haqida ham ma’lumot berildi.
Baxtiyor Ismailov
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi