19.09.2025. Kasaba uyushmalari tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyatdagi turli tashkilotlardan mutaxassislar, soha xodimlari, shuningdek texnikumning o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Mehnat muhofazasi — xodimlarni ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xavf-xatarlardan himoya qilish va ish sharoitini xavfsizlashtirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar majmuasi.
Buxoro soliq texnikumida kasaba uyushmalari tomonidan mehnat muhofazasi, fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligiga oid seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyatdagi turli tashkilotlardan mutaxassislar, soha xodimlari, shuningdek texnikumning o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida quyidagi masalalar yoritildi:
mehnat muhofazasi qoidalarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash;
fuqaro muhofazasi bilan bog‘liq xavf-xatarlarni kamaytirish yo‘llari;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashga oid amaliy ko‘nikmalar;
qonunchilikdagi yangiliklar va ularni tashkilotlarda joriy etish tartibi.
Seminar yakunida ishtirokchilar savol-javob orqali mavzularni mustahkamladilar va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.