[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

19.09.2025. O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston aviasiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan kibersport musobaqasi tashkil etildi. Unda 11 ta jamoa ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash hamda kibersportni targ‘ib qilish.

Bellashuvlar davomida jamoalar o‘z mahoratlari va tezkor strategik qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Natijalar:

1-o‘rin — “Uzbekistan Airports” AJ jamoasi;

2-o‘rin — “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” jamoasi;

3-o‘rin — “Uzbekistan Airports Handling” jamoasi.

Musobaqa qizg‘in va muvaffaqiyatli o‘tdi. G‘olib va sovrindor jamoalar O‘zbekiston aviasiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ushbu tadbir xodimlarning kibersportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek jamoaviylik va do‘stona muhitni rivojlantirishga xizmat qildi.