26.09.2025. 2025 yil 9–11 sentyabr’ kunlari Toshkent shahrida «Xalqaro mehnat standartlarini ilgari surishda kasaba uyushmalarining roli: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKUK) hamkorligida tashkil etilgan mazkur forum xalqaro mehnat me’yorlarini ilgari surish yo‘lida tajriba almashish va sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun muhim minbarga aylandi.
Konferensiya yakunlariga ko‘ra, Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilindi. Unda munosib mehnatni ta’minlash, xodimlar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy muloqotni kuchaytirish hamda raqamlashtirish, iqlim o‘zgarishi va mehnat bozoridagi o‘zgarishlar sharoitida kasaba uyushmalarining roli yuzasidan muhim tavsiyalar o‘z ifodasini topdi.
Rezolyusiyaning to‘liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.