[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

29.09.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasida joriy yilning 22–26 sentyabrda tarmoq tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining yoshlar bilan ishlash va xotin-qizlar komissiyalari raislarining malakasi oshirildi.

Tinglovchilarga 40 soatlik o‘quv dasturi asosida “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida yoshlar bilan ishlash va xotin-qizlar komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi muhim vazifalar” mavzusi doirasida darslar o‘tildi. Jumladan, O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiorining mazmun-mohiyati hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari, mehnat muhofazasiga oid qoidalarga amal qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish, narkomaniyaning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy savodxonligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Xalqaro Mehnat tashkilotining ratifikasiya qilingan Konvensiyalari, yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardagi radikalizm va ekstremizm g‘oyalari targ‘ibotidan asrash kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.

O‘quv dasturiga ko‘ra, tinglovchilar nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlarda yanada mustahkamlab, kasaba uyushmalari a’zosi bo‘lgan yoshlar va xotin-qizlarni ijtimoiy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqishdi va takliflar tayyorlashdi.

Tinglovchilar madaniy tadbirlar doirasida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli mul’timediaviy ko‘rgazmaga olib borildi.

O‘quv haftasi yakunida tinglovchilar egallagan bilimlarini baholash uchun test sinovlari tashkil etildi. Test sinovlari yakunida tinglovchilarga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” NTMning sertifikatlari topshirildi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi