20.10.2025. Paxta yig‘im-terimida terimchilar uchun munosib mehnat sharoiti yaratish hamda mavsum davomida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Navoiy viloyatida Milliy monitoring o‘tkazilmoqda. Jumladan, shu kunga qadar mavsum boshidan 14 marotaba tumandagi 36 ta fermer xo‘jaligida 2 ming 163 nafar terimchi bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, ijtimoiy muassasalarda — 13 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 4 ta tibbiyot muassasasida — mazkur masala bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.
Xatirchi tumani “Mustaqillik” MFY hududidagi “Norxol ellikboshi” fermer xo‘jaligida terimchilar bilan suhbat asnosida 8 kunlik ish haqi berilmagani, shuningdek “Berdimurod Rizoqul” fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan hasharchilarning 8 kunlik ish haqi to‘lanmagani aniqlandi. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida “Norxol ellikboshi” FX terimchilariga 55 million so‘m, “Berdimurod Rizoqul” fermer xo‘jaligi hasharchilariga esa 80 million 500 ming so‘m ish haqi undirib berildi.
Mahbuba Qambarova
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati kengashi mehnat texnik inspektori
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский