28.10.2025. Spartakiada musobaqalarining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Ayni kunlarda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari uyushtirilmoqda. Shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2025 yil 16 sentyabrdagi “Tibbiyot muassasalari xodimlari orasida spartakiada musoboqalarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, “Sog‘liqni saqlash vaziri va kasaba uyushmasi raisi kubogi” spartakiadasiga start berildi. Unda sportning mini futbol (erkaklar), stol tennisi (erkaklar va ayollar), shaxmat (erkaklar va ayollar) va shashka (erkaklar va ayollar) turlari bo‘yicha barcha hududlarda saralash va hududiy bosqichlar o‘tkazildi.
Musobaqalarning bosh maqsadi — sog‘liqni saqlash xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sport va jismoniy faollikka jalb etish, kasb kasalliklarining oldini olish hamda xodimlarni ruhlantirishdan iborat. Saralash va hududiy bosqichlarda do‘stlik va chaqqonlik g‘olib bo‘ldi. Saralashda g‘olib bo‘lganlar boshlang‘ich tashkilotlar, hududiy bosqich g‘oliblari esa tarmoqning hududiy kengashlari tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
Eng muhimi, o‘z hududida sportning barcha turlari bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar spartakiadaning respublika bosqichida kuch sinashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda mahorati yuqori bo‘lganlar g‘alaba qozonishdi.
Musobaqa natijasida:
mini futbolda — Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jamoasi,
stol tennisida — ayollar o‘rtasida Chust tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Mahmuda Sobirova, erkaklar o‘rtasida Kattaqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasi xodimi Baxtiyor Muhammadiev,
shaxmatda — ayollar o‘rtasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali bosh auditori Gulshod Turdiqulova, erkaklar o‘rtasida Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimi Jamshid Mustofaev,
shashkada — ayollar o‘rtasida Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasi xodimasi Nodira Holiqova, erkaklar o‘rtasida Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limi travmatologi Muxtorali G‘opirov
birinchi o‘rinni qo‘ldan berishmadi.
Mini futbol bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xudoyarov ishtirok etdi. G‘oliblar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan diplom, medal’ va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский