[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

31.10.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning 85 yilligi hamda 11 noyabr’ – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan korxona xotin-qizlari va “Madad” faxriylar jamiyatining ayollari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport madaniyatini oshirish maqsadida “Sog‘lom ayol-buyuk kelajak” shiori ostida gimnastrada sport musobaqasi o‘tkazildi.

Tadbirda har bir jamoaning ko‘rgazmali gimnastika harakatlari alohida baholandi. Qizg‘in va murosasiz bellashuvning  yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Kimyogar malikalar” jamoasi, 2-o‘rinni “Go‘zallar” jamoasi, 3-o‘rinni “Marvarid” jamoasi va 4-o‘rinni “Nafosat malikalari” jamoalari egalladi.

Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi