07.11.2025. Termiz shahridagi «Surxon milliy taomlari» restoranida «O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi» hamda 11 noyabr’ — «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri Surxondaryo viloyatida ham yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov qo‘shaloq bayram munosabati bilan soha vakillarini qutlab, bir guruh fidoyilarga viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alarini taqdim etdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakili Ulug‘bek Muxamedov kasaba uyushmalari tizimining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini alohida ta’kidladi. Tadbir doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Do‘stlik» ordeni sohibi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Abdukarim Ahmedov bilan birga faollar, nuroniylar va uyushmaning ilg‘or a’zolariga «O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi» esdalik nishonlari, viloyat kasaba uyushmasining faxriy yorliq va sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Bayramona dasturda viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyat filarmoniyasi hamda «O‘zbekkonsert» DM Surxondaryo viloyat bo‘limi estrada xonandalari, poytaxt Toshkentdan tashrif buyurgan «Qalpoq» hajviy teatri aktyori Farmon obrazi bilan tanilgan Muxtor Halimovning chiqishlari va Xorazmlik Afruzaxonning ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский