08.11.2025. Sog‘liqni saqlash tizimi fidoyilariga “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.
Bugun, 8 noyabr’ kuni, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining katta majlislar zalida kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11 noyabr’ – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda soha faollari, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlari va kasaba uyushma fidoyilari ishtirok etdi.
Yurtimizda kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdagi faol ishtiroki uchun qator xodimlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlar orasida Sog‘liqni saqlash vaziri A. Hudayarov, vazir o‘rinbosari E. Basitxanova, soha faollari, shuningdek ko‘p yillar davomida tibbiyot muassasalarida samarali faoliyat yuritib kelayotgan kasaba uyushma fidoyilari va ish beruvchilar ham bor.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский