[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

13.11.2025. Tavakkal Shukurov, Merojiddin Rustamov, Shoirjon Oxunov va Bahodir Obidov Marg‘ilon shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida hamkasb bo‘lib ishlaydilar.

Negadir, keyingi paytlarda ularning ish haqida hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga 01.12.2020 yilda kiritilgan o‘zgartirishga hamda shu sanadan №360-sonli buyruqqa asosan to‘rtala hamkasb Sanitariya-gigiena bo‘limida sanitar vrach yordamchisi vazifasida ishlab kelgan.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 276-sonli qaroriga ilova nizomning 1.19-bandiga ko‘ra, ushbu xodimlarga 15 foiz ustama to‘lanishi kerak bo‘lgan. Ammo ularga 2020 yil 1 dekabrdan 2024 yil 1 avgustgacha (fevral’, mart, aprel’ oylaridan tashqari) ustama pullari to‘lanmagan.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida ular ko‘p bora ish beruvchiga murojaat qilishadi, lekin bundan natija bo‘lmaydi.

Shundan so‘ng xodimlar huquqiy ko‘mak so‘rab O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashiga murojaat qiladilar. Mazkur holat Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mehnat huquqi inspektori tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ish beruvchiga holat yuzasidan tushuntirish berilib, xodimlarga qonunchilikka muvofiq ustama pullari to‘lanishi lozimligi bayon qilindi. Ammo ish beruvchi o‘z pozisiyasidan chekinmadi.

Mazkur ish sud tartibida ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, Tavakkal Shukurov foydasiga 13 mln 868 ming so‘m, Merojiddin Rustamovga 10 mln so‘m, Shoirjon Oxunovga 12 mln 391 ming so‘m, Bahodir Obidovga esa 9 mln 331 ming so‘m ustama pullari to‘lanishi belgilandi.

Zafarjon Qurbonov

Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mehnat huquqi inspektori