[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

18.11.2025. O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida ko‘krak bezi saratoni diagnostikasi va uning ahamiyati mavzusida onkolog mutaxassislar va tibbiyot xodimlari ishtirokida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir gibrid formatda — oflayn va onlayn shaklda o‘tkazilib, tarmoq tizimidagi korxonalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar qamrab olindi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga turli profilaktik tavsiyalar, xavf omillari va ularni kamaytirish choralari, ko‘krak bezi saratonini erta aniqlashning ahamiyati, ayollar salomatligini asrashda muntazam tekshiruvlarning roli hamda asosiy diagnostik usullar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ayniqsa, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va stressni boshqarish kabi omillar ko‘krak bezi saratoni xavfini kamaytirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida savol-javob sessiyasi o‘tkazilib, ayollarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha onkolog mutaxassislar va tibbiyot xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Xotin-qizlar uchun maxsus profilaktik bukletlar, vizual materiallar va amaliy ko‘rsatmalar tarqatildi.

Ushbu yo‘nalishda kasaba uyushmasi tomonidan kelgusida ham muntazam ravishda o‘quv-seminarlar, onlayn vebinarlar va tibbiy ko‘riklar tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbuslar ayollar salomatligini asrash, ish joylarida ijtimoiy himoyani kuchaytirish va profilaktik tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan keng qamrovli dasturning bir qismidir.

Targ‘ibot-tushuntirish dasturining yana bir muhim jihati — ayollar o‘rtasida sog‘liqni saqlash madaniyatini shakllantirish, onkologik kasalliklarning oldini olishga doir bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qilishidir.