[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

18.11.2025. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy muhit yaxshilanishida muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda turli kasalliklarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Kengash binosining foydalanilmay turgan yerto‘lasida zamonaviy sport zali tashkil etildi.

Zalda xodimlarning qulay sharoitda mashg‘ulot o‘tashlari uchun shinam kiyinish xonalari, shaxmat, shashki va boshqa yordamchi xonalar mukammal ta’mirlandi va zarur inventarlar bilan jihozlandi.

Kasaba uyushmalarining 120 yillik bayrami nishonlanayotgan bu kunlarda sport zalining foydalanishga topshirilgani kasaba uyushmalari faollari uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.

Ochilish marosimida Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari T.Bozorov, kasaba uyushmalari viloyat kengashi raisi A.Axmedov, apparat xodimlari va mas’ul tashkilotchilar ishtirok etishdi.

Ramziy alvon lenta qirqilgach, mehmonlar sport zalida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.