19.11.2025. O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK tomonidan 11 noyabr’ – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni va O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari — 120 yil xalq bilan” shiori ostida bir qator madaniy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil qilindi va 300 ga yaqin xodimlar qamrab olindi.
11 noyabr’ ‒ O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan korxonaning faollar zalida tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK rahbari G‘ulomjon Ibragimov, kasaba uyushmasi faollari va xodimlar ishtirok etdilar.
G‘ulomjon Ibragimov barcha xodimlarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni va O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi bilan tabriklab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Korxona xodimlari ishtirokida sportning shaxmat va shashka, ayollar o‘rtasida voleybol, erkaklar o‘rtasida mini-futbol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, tantanali tadbirda g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shundan so‘ng xodimlar uchun madaniy tadbir tashkil etilib, bayramona dasturxon yozildi. Bir so‘z bilan aytganda, “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” korxonada haqiqiy bayramona ruhda o‘tkazildi.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский